Asosiy qismga o'tish

Mijoz har oy to'laydi.
Siz eslatib yurmaysiz.

Bindin mijoz kartasidan oylik to'lovni belgilangan kunda o'zi yechadi. O'tmasa — o'sha kuni yana urinadi. Pul shaxsiy hisobingizga tushadi.

Kimlar uchun Sport zallar / O'quv markazlari / Bog'chalar / Internet va TV / Ijara / Obuna xizmatlari

Bir mijoz, bir oy

Ulangandan keyin sizdan hech narsa talab qilinmaydi. To'lov o'tmagan kunlarda ham.

  1. Karta ulanadi

    Mijoz SMS kod bilan tasdiqlaydi. Keyin summa va to'lov kuni (1–28) bilan ariza ochiladi.

  2. Oylik yechiladi

    Mijozdan summa va Inpay komissiyasi yechiladi. Sizga summa to'liq tushadi.

  3. O'tmasa — yana urinadi

    Qarzdorlardan har kuni uch marta undiriladi. Kabinetda «Undirish» tugmasi ham bor.

  4. Pulni yechib olasiz

    Hisobingizdan kartangizga — ko'pi bilan 3 ish kunida.

Kabinet — bitta ekranda

Kim to'ladi, kim qarzdor, hisobingizda qancha — kirgan zahoti ko'rinadi. Har bir biznesga alohida kabinet va shaxsiy hisob raqami.

  • Mijoz ID avtomatik, karta SMS orqali
  • Karta tanlanmaydi — oxirgi tasdiqlangan karta
  • Naqd kirim ham ariza bo'yicha
  • Kunlik va oylik hisobot — chop etish va imzo uchun
  • O'zbek va rus tili, qorong'i rejim
  • Telefon va kompyuterda

O'z tizimingizdan boshqaring

CRM yoki saytingizni API orqali ulang: mijoz, karta, ariza, undiruv va to'lovlar tarixi. Kalit kabinetda yaratiladi va bir marta ko'rsatiladi.

API hujjatlari
$ curl -X POST /api/dev/v1/applications \
  -H "X-API-Key: dzn_••••••••" \
  -d '{"client_id": 99000001,
       "name": "Sport zal",
       "amount": 350000, "payday": 5}'
201 Created
{
  "id": 7,
  "status": "scheduled",
  "start_date": "2026-11-05",
  "has_debt": false
}

Ulanish uchun yozing — shartnoma va kabinetni tayyorlab beramiz.

@mrdili131